Chet tilidan ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda
Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Andijon viloyatida ham oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarga chet tili fanidan yozma ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.
Chet tilidan ijodiy imtihonning yozma qismida abituriyentlar tinglab, tushinish, o‘qish va yozma ish bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorini sinovdan o‘tkazadi.

Ijodiy imtihonlarning yozma qismi 21-23 iyul kunlari ikki smenada bo‘lib o‘tadi. Imtihonlar birinchi smenada ertalab 8.00 dan, ikkinchi smenada esa 15. 00 dan boshlanadi.

– Andijon viloyatidagi imtihonlar o‘tkazilishi belgilangan barcha bino va auditoriyalarda abiturentlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan, – deydi Bilim va malakalarni baxolash agentligi Andijon boʻlimi bosh mutaxassisi Rustamjon Azimov. – Bundan tashqari, ota-onalar, kuzatuvchilar uchun ham zarur sharoitlar, jarayonlarni onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.
Abituriyentlar qachon, qayerda imtihon topshirishlarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va imtihonda qatnashish ruxsatnomasini yuklab olishlari mumkin.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (foto),
O‘zA