Chavandozlarimiz Belgiya va Rossiyada zafar quchdi
O‘zbekistonlik chavandozlar Rossiya va Belgiyada o‘tkazilgan musobaqalarda munosib natijalarga erishdi.
Rossiyada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan «Maksima Park» kubogining final bosqichida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Umidjon Komilov “Karissina” laqabli otda 115 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Belgiyada tashkil etilgan faxriylar o‘rtasidagi xalqaro turnirda hamyurtimiz, xalqaro toifadagi sport ustasi Davrjon Ro‘zmuhammedov “Mr.Emerald” laqabli ot bilan 3-o‘rinni egalladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA