“Chandrayan-2” apparati Oyga muvaffaqiyatli yuborildi
Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti bortida “Chandrayan-2” apparati boʻlgan raketa-tashuvchining muvaffaqiyatli uchirilganini maʼlum qildi.
Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti bortida “Chandrayan-2” apparati boʻlgan raketa-tashuvchining muvaffaqiyatli uchirilganini maʼlum qildi.
Apparat Oyga qoʻnib, uning yuza qatlamini tadqiq qilishi lozim. Bu amalga oshsa, Hindiston Oyga oʻz tadqiq vositasini oʻrnatgan toʻrtinchi mamlakat boʻladi.
Taʼkidlash joizki, “Chanrayan-2” missiyasining Oyga uchirish jarayoni oson kechmadi, bir necha bor ortga surildi.
Agar shu safar ham ortga surilganida, uning uchirilishi kuzga qolib ketardi.