“Challenge Samarkand” g‘oliblari aniqlandi
16-17 sentyabr kunlari Samarqandda triatlon bo‘yicha "Challenge Samarkand” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston triatlon federatsiyasi tomonidan Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Samarqand viloyati hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar ko‘magida ikki yildan buyon an’naviy tarzda tashkil etilayotgan bu yilgi bellashuvlarda dunyoning 35 davlatidan 2 ming nafarga yaqin sportchi qatnashdi. Ular ochiq havzada 1,9 kilometrga suzish, 21,5 kilometrga yugurish va 86 kilometrga velopoyga bahslarida bellashdi.
[gallery-13615]
Bir necha yosh va toifada bellashgan sportchilar orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 30 nafardan ortiq sportchi munosib taqdirlandi.
Tadbirlarda O‘zbekiston triatlon federatsiyasi rahbari V. Mahmudov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.
Xalqaro turnir tashkilotchilarining qayd etishicha, ushbu nufuzli tadbir mamlakatimizga jahon triatlon reytingida qo‘shimcha ball olib kelishga imkon beradi.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA