Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar har bir tashkilot va idora zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish harakatlarida parlament palatalariga ham muayyan vazifalar yuklatildi. Shundan kelib chiqib, parlament quyi palatasi qo‘mitalari tomonidan tegishli tashkilot, vazirlik va idoralar bilan hamkorlikdagi ishlar, qo‘mitalar oldidagi vazifalar belgilab olinmoqda.

Jumladan, Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi tomonidan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Barqaror rivojlanish markazi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi bilan hamkorlik memorandumlari imzolanib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi rejalar belgilab olindi.

****

Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda esa Hisob palatasi tomonidan tashkil qilingan real vaqt rejimidagi monitoring tizimi bo‘yicha mamlakatimizda davlat moliyaviy resurslarining samarali boshqarilishi, byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan davlat moliyaviy nazorati, shuningdek, qonunchilik hujjatlarining ijrosi samarali tashkil etilyotgani ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, Hisob palatasida masofaviy nazorat markazi faoliyati 3 ta yo‘nalishda, jumladan Hisob palatasi ichki va tashqi faoliyati nazorati, vazirlik va idoralarning axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalaridan foydalanish asosida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, risk-tahlillarni vazirlik va idoralar tomonidan o‘rganish uchun “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy qilingan. Mazkur tizimda byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oluvchi 12 ta vazirlik bo‘yicha 28 ta risk-tahlil mexanizmlari va 447 ta modullar orqali nazorat tadbirlari amalga oshiriladi.

Byudjet buyurtmachilarining qonunga zid bo‘lgan to‘lovlarini onlayn to‘xtatish moduli ham ishga tushirilgan. Masofaviy audit tizimi orqali 2024 yilda 3,7 trillion so‘m byudjetga qo‘shimcha tushumlar ta’minlangani, vazirlik va idoralarning 9,2 trillion so‘mlik samarasiz xarajatlari maqbullashtirilgani, 2,3 trillion so‘mlik moliyaviy kamchiliklarning oldi olingani aytib o‘tildi. Davlat xaridlariga oid 4,5 trillion so‘mlik kamchiliklar bartaraf etilgani deputatlar tomonidan ijobiy baholandi.

Qo‘mita a’zolari masofadan turib kamchiliklarning barvaqt oldini olish tizimining qamrovini kengaytirish, davlat ulushi mavjud korxonalarning moliyaviy faoliyatini doimiy monitoring qilib borish hamda byudjetga qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va moliyaviy xavf-xatarlarning barvaqt oldini olish tadbirlarini doimiy tarzda o‘tkazishga oid fikr va takliflar bildirdi. Deputatlar Hisob palatasi bilan hududlarda Davlat byudjeti mablag‘larining maqsadsiz ishlatilishi oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan korrupsiya holatlarining oldini olish borasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Muhtarama Komilova,

O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oluvchi 12 ta vazirlik bo‘yicha risk-tahlil mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgan