Buyuk qadamlar "bolalar bog‘chasi"dan boshlanadi (+video)
Farzand – inson umrining mazmuni. Bolalar esa insoniyat hayotining mohiyati.
Ko‘zimiz quvonchi, ertamiz egasi bo‘lgan bolajonlarni asrab-avaylash, komil inson etib tarbiyalash har bir ota-ona va oilaning burchi, har bir davlat taraqqiyotini belgilovchi eng muhim omil sanaladi.
Shunday kasb egalari borki, endigina atak-chechak qilib qadam bosayotgan jajjigina farzandlarimizni ishonib topshirib ketamiz. Ularning mehnati ko‘rinmas, ammo bolajonlarning hayotida hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. Cheksiz mehr egalari orqali farzandlarimiz olamni o‘zgacha rangli tasvirlarda ko‘ra boshlaydi.
Bugungi lavhamiz Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan sonida Yunusobod tumani 255 - DMTT rahbari Raximova Dilnoza Baxramovna bilan soha vakillariga yaratilgan imkoniyatlar, bolajonlar bilan ishlash mashaqqatlari haqida suhbatlashdik.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/CAGFL0pSTEw" title="Buyuk qadamlar "bolalar bog‘chasi"dan boshlanadi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA