Buxorolik o‘quvchilar g‘oliblar safida
Buxorolik o‘quvchilar Xalqaro matematika olimpiadasi metodologiyasi asosida tashkil qilingan olimpiadada 1 ta bronza va 1 ta faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Bu haqida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Xitoyning Beijing shahrida 1-Xalqaro matematika yozgi intellektual oromgohida 25 mamlakat terma jamoalaridan 156 nafar iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida Xalqaro matematika olimpiadasi metodologiyasi asosida tashkil qilingan olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 bronza va 2 faxriy yorliq (honorable mention) bilan taqdirlandi.


Quvonarlisi, ular safida 2 nafar buxorolik o‘quvchilar ham bor. Qorako‘l ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Anvarbek Rahmatov bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Peshku tumanidagi 18-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Anvarbek Sa’dullayev maqtov yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Endilikda bu ikki nafar vakilimiz O‘zbekiston terma jamoasi safida joriy yil 6 - 13 iyul kunlari Yaponiyada o‘tkaziladigan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) ishtirok etadi.
Zarif Komilov, O‘zA