Buxoroda yurish marafoni o‘tkazildi
Buxoro shahrida “Xalqaro oila kuni” shiori ostida yurish bo‘yicha marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilotlar mutasaddilari va xodimlari, taniqli estrada xonandalari va kino aktyorlari, talaba yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Marafonning ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqdi.

Viloyat rahbari sog‘lom turmush tarzining muhim shartlaridan biri bo‘lgan yurish va badantarbiya targ‘ibotiga hissa qo‘shib, bu borada aholi qiziqishini oshirishda barchani faollikka chorladi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi bu kabi tadbirlarni keng qamrovda va doimiy tarzda o‘tkazib turilishi zarurligini ta’kidladi.

Marafon qatnashchilari Labi-hovuz ansambli oldidan Ark qo‘rg‘onigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishdi.

Zarif Komilov,
Tohir Istatov (surat), O‘zA