Buxoroda ovoz berish davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Buxoro viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Vazir fuqarolik huquqidan foydalangan holda shahardagi Buxoro yuridik texnikumi binosida tashkil etilgan 49-saylov uchastkasida ovoz berdi.
Saylov uchastkasida saylovga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilgan. Ovoz berish jarayoni aholining faol ishtiroki bilan boshlangan. Uchastkada ro‘yxatga olingan saylovchilar ovoz bermoqda.




Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrugi bo‘yicha 613 saylov uchastkalari faoliyat olib bormoqda. Ovoz beruvchilarning umumiy soni 1 milliondan ziyod.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA