Buxoro qorako‘lchiligi istiqbollari
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida qorako‘lchilik muhim tarmoq sifatida azaldan yaxshi rivojlangan. Keyingi yillarda sohaning mavjud salohiyatini har tomonlama oshirish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 2 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida viloyatdagi mavjud 2355 gektar yaylov Respublika pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining doimiy egaligiga o‘tkazildi.
Viloyatda 8 ta klaster tashkil etilib, ushbu yaylov maydonlari klasterlarga uzoq muddatli ijara shartnoma asosida berildi. O‘z navbatida, klasterlar tomonidan ushbu maydonlar 400 ga yaqin xo‘jalik sub’ektiga ikkilamchi ijara shartnoma asosida ajratib berildi. bugungi kunda ushbu xo‘jaliklarda 400 ming boshga yaqin mayda shoxli mollar parvarish qilinmoqda.
[gallery-5781]
Tabiiyki, bu jarayonda omuxta yemga talab ham ortadi. Ushbu masala inobatga olingan holda 2021 yilda 5 ta donador (granulali) omuxta yem ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi. Qorovulbozor tumanida soatiga 4 tonna, Shofirkon tumanida soatiga 2 tonna, Olot, Jondor, G‘ijduvon tumanlarida soatiga har biriga 0,3 tonnadan, barcha sexlarda jami bir sutkada 40-50 tonnadan granulali yem ishlab chiqarish quvvati yaratildi. Bu esa ozuqalarga bo‘lgan talabni qondirish bilan birga, xarajatning bozor narxidan ancha arzonga aylanishini ta’minlamoqda.
Tohir ISTATOV(surat), O‘zA