Buvaydalik Xuvayda momo 130 yoshga kirdi
Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Poshshopirim qishlog‘ida yashovchi Xuvayda momo Umarova joriy 2025 yilda 130 yoshni qarshi oldi.
Momo 1895 yilda 1 yanvarda tavallud topgan. Farzandlari 7 nafar bo‘lgan, hozir 5 nafari hayot. Nevaralari 32, chevaralari 87, evaralari 118 nafar, begonalari esa 5 nafar.
Eng katta nevarasi Jumaqo‘zi bobo hozir bir kam yetmish yoshda. Biz bugun Xudayda momoni qo‘ng‘iroq qilib tabrikladik. Yangi yil va tabarruk yosh bilan qutladik.
Xurshid SULTONOV, jurnalist