“Burgutlar” jamoasi g‘olib
Qarshida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qarshida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.Viloyat mudofaa ishlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashlari hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilaridan tarkib topgan 14 jamoa ishtirok etdi.
Jamoalar test sinovi, viktorina, estafeta, harbiy-sport o‘yinlari kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi. G‘oliblik Qarshi tumanining “Burgutlar” jamoasiga nasib etdi. Qarshi shahrining “Sarhad” jamoasi ikkinchi, Kitob tumanining “Vatanparvarlar” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.