Bugun tug‘ilgan kun – Sobirov Bahodir Boypulatovich.
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Bahodir Sobirov 1963 yil 17 aprelda Navoiy viloyati, Navbahor tumanida tug‘ilgan.
Bahodir Sobirov 1985 yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti)ni tamomlagan.
1985 yildan 1992 yilgacha Navoiy shahar 2-kasb-hunar bilim yurti ishlab chiqarish ustasi, o‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
U 1992-1995 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti Navoiy bo‘limida ximiya texnologiya kafedrasida laborant, katta laborant, assistent, katta o‘qituvchi, fakultetda dekan o‘rinbosari bo‘lgan.
1995-1998 yillarda Navoiy davlat konchilik instituti huzuridagi ixtisoslashgan texnika kolleji direktori, 1998-2000 yillarda Navoiy davlat konchilik institutida iqtisod va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha prorektor lavozimida ishlagan.
2000-2010 yillarda Navoiy viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, 2010-2013 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi "Fan va taraqqiyot" davlat unitar korxonasi katta ilmiy xodim izlanuvchisi, korxona raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
U 2013-2019 yillarda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining turli lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Bahodir Sobirov 2020 yil fevral oyidan buyon Navoiy davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.