Bugun tug‘ilgan kun – Qo‘chqor Norqobil
“Inson va qonun” gazetasi bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qo‘chqor Norqobil 1968 yil 5 martda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tug‘ilgan.
U 1992 yil Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tamomladi. Mehnat faoliyatini “Turkiston” gazetasida boshlab, keyinchalik “O‘zbekiston ovozi”, “Xalq so‘zi” gazetalari va “Saodat” jurnalida ishladi.
Shoir, yozuvchi, dramaturg Qo‘chqor Norqobilning “Kaftimdagi qizg‘aldoq”, “Hosiyatli dunyo”, “Deraza raxidagi gul” she’riy kitoblari, “Daryo ortidagi yig‘i”, “Kulib tur, azizim”, “Quyoshni kim uyg‘otadi?..”, “Ko‘zlaringni ko‘rgani keldim”, “Afg‘on: 2 rota”, “Osmon ostidagi sir”, “Biz jangdan qaytmadik...”, “Bu yerlarda hayot boshqacha” nomli nasriy kitoblari chop etilgan.
“Taqdir sinovlari”, “Quyoshni sen uyg‘otasan”, “Nur soyada qolmaydi”, “Omad biz tomonda”, “Suv ko‘rmay etik yechma”, “Zamindan olis ketma”, “Dildagi dog‘”, “O‘z uyingdan baxt izla”, “Atirgullar qismati”, “Gul olmagan go‘zallar” kabi dramalari Respublikamiz va viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!