Bugun tug‘ilgan kun — Normat Tursunov
Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning tavallud topgan kuni. Normat To‘lqinovich 1972-yilda Toshkent viloyati Chinoz tumanida tavallud topgan.
Faoliyati davomida Toshkent shahri Uchtepa tumani davlat soliq inspeksiyasi soliq bosh inspektori, Nazoratni amalga oshirish sho‘basi boshlig‘i, Toshkent shahri davlat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori-bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, Davlat soliq qo‘mitasi Yuridik shaxslar tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunlar bajarilishini nazorat qilish bosh boshqarmasi Bevosita soliqlar boshqarmasi Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘limi boshlig‘i, monitoring boshqarmasi Bilvosita soliqlar bo‘limi boshlig‘i, Aksiz va qo‘shilgan qiymat soliqlari tushumlarini monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida mehnat qilgan.
2021-yildan buyon Navoiy viloyati hokimi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zA