Bugun tug‘ilgan kun – Bekzod Madaminov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani hokimi Bekzod Madaminov 1084 yil 22 noyabr kuni Amudaryo tumanida tug‘ilgan.
U 2007 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining menejment yo‘nalishini tugatgan.
Mehnat faoliyati davomida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, 2006 yilda faoliyatini Beruniy tumani moliya bo‘limi byudjet bo‘limi iqtisodchisi sifatida boshlagan. 2007–2010 yillarda Beruniy tuman bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmasi moliyaviy majburiyatlarini ro‘yxatga olish va to‘lovlarni amalga oshirish guruhi boshlig‘i, 2010–2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi g‘aznachilik operatsiyalarini nazorat qilish sektori boshlig‘i, 2011–2013 yillarda Beruniy tumani bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmasi moliyaviy majburiyatlarini ro‘yxatga olish va to‘lovlarni amalga oshirish guruhi boshlig‘i, 2013–2018 yillar oralig‘ida Beruniy tumani bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i, 2018–2019 yillar Beruniy tumani hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosar, 2018–2019 yillarda Beruniy tumani hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
2022 yildan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani hokimi lavozimida ishlab kelmoqda.
***
Saytimizda tashkil etilgan «Bugun tug‘ilgan kun» loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @U_Qurbonov
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru