Bugun tugʻilgan kun
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor Ahmadali Asqarov 1935-yil 25-sentyabrda Namangan viloyati Norin tumanida tugʻilgan.
25-sentyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor Ahmadali Asqarov 1935-yil 25-sentyabrda Namangan viloyati Norin tumanida tugʻilgan.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Ahmadali Asqarov 1957-yil Toshkent davlat pedagogika universitetini tugatib, mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix va arxeologiya institutida davom ettirgan. 1963-yilda “Zarafshon quyi oqimi havzasi bronza davrida” mavzusidagi nomzodlik ishini, 1977-yilda esa Moskvada “Janubiy Oʻzbekiston bronza davri madaniyati (qadimgi sharq tamaddunining mintaqaviy oʻchoqlari rivoji muammolari)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Turli yillarda Tarix va arxeologiya institutida ilmiy xodim, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari boʻlgan. Keyinchalik yangi tashkil etilgan Arxeologiya institutida direktor lavozimida ishladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi raisi, Fanlar akademiyasi tarix instituti direktori sifatida faoliyat koʻrsatgan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari berib boriladi.
Mazkur ruknga endi Siz ham toʻlov asosida oʻz yaqinlaringizning tugʻilgan kunlarini joylashtirish imkoniyatiga egasiz.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: uzauz@yandex.ru
Telefon: 71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!