Bugun tugʻilgan kun
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Ramizulla Moʻminov 1941-yil 24-oktyabrda Toshkent viloyati Qibray tumanida tugʻilgan.
24-oktabr
U Toshkent davlat universitetini (hozirgi OʻzMU) tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari, maxsus konstruktorlik byurosi direktori vazifalarida ishlagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida boʻlim boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qoʻmitasining Davlat ilmiy-texnika axborot fondi direktori kabi masʼul lavozimlarda mehnat qilgan. Uning izlanishlari natijalari asosida yadro nurlarini oʻlchovchi-yarimoʻtkazgich detektorlari, lazerlar, quyosh nurini elektr energiyasiga aylantiruvchi asbob-uskunalarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu asbob-uskunalar fazo va suv osti kemalarida, terma yadro sintezi qurilmalari va boshqalarda keng qoʻllanilib kelinmoqda.
Ramizulla Moʻminov ayni paytda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida labaratoriya mudiri vazifasida faoliyat olib bormoqda.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari berib boriladi.
Mazkur ruknga endi Siz ham toʻlov asosida oʻz yaqinlaringizning tugʻilgan kunlarini joylashtirish imkoniyatiga egasiz.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!