Bugun Rossiyada Xalq birligi kuni nishonlanadi
Rossiyaning davlat bayramlaridan biri hisoblanmish Xalq birligi kuni 2005 yildan beri nishonlanadi. Bu sananing nishonlanishi bejiz emas. 1612 – yilning ayni shu kunida Kuzma Minin va Dmitriy Pojarskiy boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilar bosqinchi Rech Pospolita gornizoni boʻlmish “Xitoy shahri”ni egallab olib, shu tariqa qahramonlik koʻrsatishgan va xalqni birlashtirib Moskvani bosqinchilardan ozod qilgan edi
Rossiyaning davlat bayramlaridan biri hisoblanmish Xalq birligi kuni 2005 yildan beri nishonlanadi. Bu sananing nishonlanishi bejiz emas. 1612 – yilning ayni shu kunida Kuzma Minin va Dmitriy Pojarskiy boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilar bosqinchi Rech Pospolita gornizoni boʻlmish “Xitoy shahri”ni egallab olib, shu tariqa qahramonlik koʻrsatishgan va xalqni birlashtirib Moskvani bosqinchilardan ozod qilgan edi.
Oʻshanda jamiyatda tutgan oʻrnidan qatʼi nazar xalq vakillari bosqinchilarga qarshi kurashga otlangandi. 1611 yilning sentabrida Nijniy novgorodlik savdogar bir vaqtning oʻzida oqsoqollik vazifasini bajargan Kuzma Minin hamshaharlariga xalq koʻngillilari otryadini tuzish daʼvati bilan chiqdi. Birinchi navbatda Moskva davlatchiligiga yordam koʻrsatish kun tartibida turgan edi. Mininning chaqirigʻiga binoan, odamlar ixtiyoriy ravishda yordam puli yigʻishga tushdi. Mininning taklifiga koʻra, voyevoda boshligʻi lavozimiga 30 yoshli novgorodlik knyaz Dmitriy Pojarskiy rahbar etib tayinlandi. Toʻgʻri, oʻshanda Pojarskiyning oʻzi boshliq boʻlishga unamagan. Oxir-oqibat uni koʻndirishga muvaffaq boʻlindi. Pojarskiy va Minin atrofiga 10 mingdan ortiq koʻngillilar toʻplandi.
1612 yil 4 noyabrda Nijniy novgorodlik koʻngillilar Moskvadan bosqinchilarni haydab chiqarishga muvaffaq boʻldi. Oʻshanda xalq podsho uchun emas, balki Vatan ozodligi uchun oyoqqa turgan edi. Dmitriy Pojarskiy “Xitoy shahar”ga Qozon Bibi Maryami ikonasi bilan kirib keladi va bu yerda gʻalaba sharafiga ibodatxona qurish uchun qasam ichadi. Oradan bir kun oʻtib garnizon rahbariyati taslim boʻlish haqidagi bitimga imzo chekdi. 1613 yilning fevral oyida Mixail Romanov birinchi Rossiya podshosi etib saylanadi. Shu tariqa Romanovlar sulolasiga asos solindi. 1649 yil podsho Aleksey Mixaylovich 22 oktabrni Qozon Bibi Maryam ikonasi kuni, deb eʼlon qiladi. Yulian taqvimi boʻyicha 22 oktabr, Grigoryan taqvimi boʻyicha 4 noyabr davlat bayrami, deb eʼlon qilinadi.
Bu kun 1917 yilga qadar bayram sifatida nishonlangan. 2004 yil sentabr oyida Rossiya Dinlararo kengashida 4 noyabrni Xalq birligi kuni sifatida nishonlash kerak, degan taklif oʻrtaga tashlandi. 29 sentabr kuni oʻsha vaqtdagi Moskva va Butunrus patriarxi Aleksey bu tashabbusni qoʻllab-quvvatladi. Oʻsha yilning 23 noyabr kuni Davlat Dumasi bu boradagi qonun loyihasini muhokama qildi va Rossiya mehnat kodeksiga oʻzgartirish kiritishga qaror qildi. Davlat Dumasi 27 dekabr kuni uchinchi oʻqishda 4 noyabrni Xalq birligi kuni sifatida nishonlash toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi. Avvaliga koʻpchilik bu bayramning ommalashishiga shubha bilan qaragan edi. Biroq bayram keng xalq ommasi tomonidan iliq qarshi olindi.
Tahlilchilar mazkur bayram haqiqatdan ham Rossiya xalqini millati, dini, eʼtiqodi va qarashlaridan qatʼi nazar birlashtirishga xizmat qilayotganini taʼkidlashmoqda. Shu sababli Rossiya uchun 22 oktabr (4 noyabr) rus davlatchiligi tarixidagi muhim kun ekanligi shubhasiz. 4 noyabrni Xalq birligi kuni, deb eʼlon qilinishi – tarixiy kunni xotirlash va mamlakat xalqining birligini saqlashga intilish sifatida gʻoyat tabiiydir. Bugungi kunda Rossiya poytaxti Moskva, Qozon va bir qator yirik shaharlarda Minin va Pojarskiylar sharafiga qurilgan haykallarga koʻzingiz tushadi. Rossiyada Xalq birligi kuni, dam olish kuni deb eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston – Rossiya davlatlari oʻrtasidagi aloqalar xususida toʻxtaladigan boʻlsak, hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanib borayotganligining guvohi boʻlamiz. BMT, MDH, SHHT, YEXHT va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida oʻzaro hamkorlik davom etmoqda. Rossiya Oʻzbekistonning muhim savdo hamkorlaridan. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo jadal surʼatlar bilan oʻsib bormoqda. Oʻzbekiston va Rossiya vaqt sinovidan oʻtgan strategik hamkorlardir. Prezidentlarimizning strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash yoʻlidagi qatʼiy saʼy-harakati tufayli mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarildi.
Keyingi bir yilda yuqori darajada 80 dan ortiq tashriflar amalga oshirildi. Hududlar oʻrtasida yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Joriy yil boshidan hozirgacha tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga oʻsdi. Hisob-kitoblarga koʻra, joriy yilda tovar ayirboshlash hajmi 6 milliard dollarga yetadi. Yaqin yillardagi vazifa savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkazish. Yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Rossiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga yoʻnaltirgan investitsiyalari hajmi 8,5 milliard dollardan oshadi.
Mamlakatlarimiz oʻrtasida madaniy-gumanitar aloqalar kengayib bormoqda. Joriy yilda ilk bor Oʻzbekiston – Rossiya media-forumi oʻtkazildi. Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarining 80 nafar rahbari ishtirokida taʼlim forumi boʻlib oʻtdi. “Yangi iqtisodiyot uchun yangi kadrlar” mavzusidagi mazkur forumda taʼlim va fan sohalaridagi hamkorlik, jumladan, mamlakatimizda Rossiyaning yetakchi oliy oʻquv yurtlari filiallarini ochish toʻgʻrisida 100 dan ortiq kelishuv imzolandi.
Xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish maqsadida mamlakatimizda Oʻzbekiston-Rossiya yoshlarining toʻrtinchi forumi oʻtkazildi. Aholi, avvalo, yoshlarni rus adabiyotining eng sara namunalari bilan keng tanishtirish maqsadida oʻzbek tilida 100 jildlik “Rus mumtoz adabiyoti durdonalari“ toʻplamini nashr qilish rejalashtirilmoqda.
Yaqinda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi asnosida jami 20 ta hujjat imzolandi. Prezidentlar ishtirokidagi tor va keng doiradagi muzokaralar har doimgidek ochiq va oʻzaro ishonch ruhida oʻtdi, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Bu oʻzaro munosabatlarning bugungi holatini baholash, koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash imkonini berdi. Koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tomonlarning pozitsiyasi bir xilligi yoki yaqinligi qayd etildi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining mamlakatimizga davlat tashrifi keng koʻlamli ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga kuchli surʼat bagʻishladi.