Bugun Oʻzbekistonda 111 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
Bor bilim va tajribasini ishga solgan holda qahramonlarcha koronavirus balosiga qarshi kurashishga kirishdilar va samarali natijalarga ham erishmoqdalar.
Koronavirus infeksiyasining dunyo boʻylab shiddat bilan tarqalayotgan bir paytda, yurtimiz shifokorlari sarosimaga tushmasdan, oʻz qasamyodlariga sodiq holda, pandemiya bilan kurashishdek katta masʼuliyatni zimmalariga olishdi. Bor bilim va tajribasini ishga solgan holda qahramonlarcha koronavirus balosiga qarshi kurashishga kirishdilar va samarali natijalarga ham erishmoqdalar.
Jumladan, Buxoro viloyatidan yana xushxabar: 58 nafar bemor butkul sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Eʼtiborli jihati, Buxoro viloyatida bugunning oʻzida 95 nafar bemor sogʻaydi.
Shunday qilib, soʻnggi uch kun davomida: birinchi kun 96, ikkinchi kun 93, bugun esa 111 nafar bemor tuzalib, ayni paytda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻaygan bemorlar 561 nafarga yetdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi