Bozorning sanitariya holati yaxshilanmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi “Chorsu” dehqon bozori hududida ayni paytda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jarayonga mas’ul etib shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev rahbarligida shahar IIB, prokuraturasi, soliq xizmati, FVB va boshqa mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh shakllantirilgan.
Ular zimmasiga bozor hududida sanitariya holatini yaxshilash, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, favqulodda harakatlanish yo‘llarini ochish hamda yoyma savdolarni tugatish vazifalari yuklatilgan.
Shahar hokimi o‘rganishlari davomida Samarqand ko‘chasi va xiyobon hududlarida bo‘lib, bu yerdagi noqonuniy qurilmalar va savdo yoymalarini bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Hozirda ushbu topshiriqlar ijrosiga kirishilib, bozor hududidagi yoyma savdolar olib tashlanmoqda. Shu bilan birga, xiyobon va yo‘llar tozalanib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
[gallery-21616]
Tadbir doirasida bozor hududiga yaqin bo‘lgan “DomBIT” atrofi va piyodalar yo‘laklarida noqonuniy savdo qilish holatlariga chek qo‘yish maqsadida nazorat kuchaytirildi.
Mazkur tadbirlar orqali bozor hududida sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq muhit yaratish hamda bozor faoliyatini qonuniy tartibga solish maqsad qilingan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA