Bosma va internet nashrlarida siyosiy shaxs reprezentatsiyasi: muallif “Men”i va interpretatsiya mexanizmi
Yorqinoy KOMILOVA katta oʻqituvchi filologiya fanlari boʻyicha (PhD) falsafa doktori O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Toshkent, O‘zbekiston Yorqinoy.Komilova1988@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada bosma va internet nashrlarida siyosiy shaxslar reprezentatsiyasini shakllantirishda muallif “Men”ining o‘rni, ahamiyati nazariy hamda amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Unda muallif pozitsiyasining mediamatnda namoyon bo‘lish mexanizmlari, fakt va tahlil o‘rtasidagi munosabat, siyosiy portretni yaratishda interpretatsiya usullarining o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan.
Shuningdek, “Men” konsepsiyasining kognitiv asoslari, iyerarxik tuzilmasi hamda uning global “Men”, real, ideal, ko‘zguli “Men”; aqliy, emotsional va jismoniy “Men” kabi turlari tahlil qilinib, jurnalistik matndagi ifodasi ochib berilgan. Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari materiallari misolida siyosiy yetakchilar obrazini yaratishda muallif pozitsiyasi, uslubi va yondashuvining o‘ziga xos xususiyatlari qiyosiy ko‘rib chiqilgan.
Tayanch so‘zlar: siyosiy portret, yetakchi, muallif “Men”i, real “Men”, ideal “Men”, ko‘zguli “Men”, aqliy “Men”, emotsional “Men” va jismoniy “Men”