“Boshliq bilan bir kun” loyihasi amalda
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Romitan va Peshkoʻ tumanlari Ichki ishlar boʻlimlariga press-tur tashkil etildi
Tadbir ishtirokchilari Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlar, sohaga taalluqli muammoli savollarga oydinlik kiritish hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida “Boshliq bilan bir kun” loyihasi doirasida Romitan va Peshku tumanlari Ichki ishlar bo‘lim boshliqlarining kundalik ish faoliyati, bo‘lim hamda uning quyi tizimlarida aholi va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
Dastlabki manzil Romitan tumani bo‘ldi. Bu yerda Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shaxob Hayitov press-tur ishtirokchilarini aholi va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sohaviy xizmatlar xodimlarining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, jamoat tartibi hamda yo‘l harakatini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar borasida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanishicha, Romitan tumani hududida 2023 yilning 4 oyida umumiy jinoyatchilik 71 ta (2022 y.da 68 ta) sodir etilgan. O‘tgan yilga nisbatan 3 taga, 4,4 foizga oshgan. Jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar 35 (40) tani tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbattan 5 taga, 12,5 foizga kamaygan. 2023 yilning 4 oyi davomida olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida qotillik, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, tovlamachilik, bezorilik, avtomobilni olib qochish, mulkni nobud qilish, yengil tan jarohati yetkazish va odamlarni yollash kabi jinoyatlarning sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan. Shuningdek, olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 2023 yilning 4 oyida 14 nafar qidiruvdagi shaxslarning 6 nafari ushlanib, jazo muqarrarligi ta’minlangan. Tuman hududida sodir etilgan jinoyatlarni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda o‘g‘rilik jinoyati (8/3) 5 taga, firibgarlik jinoyati (22/13) 9 taga kamaygan. Olib borilgan profilaktik chora-tadbirlarga qaramasdan og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati 1 (0/1) taga, o‘lim bilan bog‘liq YTHlar 2 taga (0/2), o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati 2 taga (1/3) oshgan.
[gallery-11812]
Press-tur ishtirokchilari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish va Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi hamda viloyat IIB JXX YHXB Tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limida bo‘lgan aholi va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi.
Press-tur ishtirokchilari tumanning 3-sektor hududiga qarashli “Afrosiyob” mahalla fuqarolar yig‘inida ham bo‘lishdi. Bu yerda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida qabul qilingan qaror ijrosi yuzasidan mahalladagi “beshlik” vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishishdi.
Press-tur davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
Peshko‘ tumani Ichki ishlar bo‘limi va uning quyi tizimi faoliyati ham tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Zarif Komilov,
O‘zA