Bosh vazir o‘rinbosari Xorazmda o‘rganishlar olib bordi
Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnozaxon Kattaxonova Xorazm viloyatida bo‘lib, sohada tizimni yanada rivojlantirish va ayollarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida qator amaliy uchrashuvlar o‘tkazdi.
Xususan, Qo‘shko‘pir tumanidagi mahallalar yettiligi va xotin-qizlar faollari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Asosiy e’tibor — tizimni yanada rivojlantirish hamda faollarning vakolatlarini oshirishga qaratildi. Shuningdek, mahallalardagi mavjud muammolarni ijobiy hal etish va ayollarga ko‘maklashish bo‘yicha ularning manfaatli takliflari tinglandi.


O‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir xotin-qizning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda ularning intilishlarini to‘laqonli qo‘llab-quvvatlash uchun aniq yechim va natijalarga erishishdir.

Qo‘shko‘pir tumandagi yig‘ilishdan so‘ng, Xonqa tumanidagi mahallalardagi oilalar bilan uchrashib, ayollar bilan muloqotda bo‘ldi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri