“Bosh vazir kubogi”da chorak finalchilar ma’lum
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari o‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq uch yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Bosh vazir kubogi” musobaqasining bu yilgi bahslari tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda.
Mamlakatimizdagi vazirlik, idora va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparat xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan o‘yinlar natijasida ming-minglab kishilar sport mashg‘ulotlari bilan oshno tutindi. Sog‘liklari mustahkamlandi.

Joriy yilning 5 noyabridan boshlangan bahslarning chorak finalida to‘p suruvchi jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
Nimchorak finalda quyidagi natijalar qayd etildi:
Turizm va sport vazirligi – MTRK – 3:0 (texnik mag‘lubiyat);
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi – Oliy sud – 0:3;
Davlat bojxona qo‘mitasi – Markaziy bank – 6:0;
Agro markaz – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi – 8:0;
Davlat test markazi – Innovatsiya vazirligi – 0:3;
Agroinspeksiya – Moliya vazirligi – 0:3 (texnik mag‘lubiyat);
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi – 4:0;
Tashqi ishlar vazirligi – Davlat soliq qo‘mitasi – 0:4;
Bugun 9 noyabr kuni musobaqaning chorak finalida quyidagi juftliklar o‘zaro hisob-kitob qilishadi:
Turizm va sport vazirligi – Oliy sud.
Davlat bojxona qo‘mitasi – Agro markaz.
Innovatsion rivojlanish vazirligi – Moliya vazirligi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – Davlat soliq qo‘mitasi.

O‘zA