Bosh qomusimiz yosh rassomlar nigohida
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiyamiz ranglar jilosida” mavzusida iste’dodli yoshlar o‘rtasida rasmlar ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.
Partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan yoshlarga ko‘rik-tanlovning maqsad va vazifalari borasida keng tushunchalar berildi. Bosh qomusimiz kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tishning mustahkam huquqiy poydevori ekanligi tushuntirildi. Yoshlar ongida mustaqillik tuhfa etgan aziz ne’mat, ya’ni bugungi tinch va osuda hayotni bolalar ijodida aks ettirish partiyaning eng asosiy maqsadlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Ko‘rik-tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida barcha shahar va tumanlaridan yosh rassomlar faol ishtirok etib, Konstitutsiyamizning har bir moddasini o‘z ijodiy ishlarida namoyon etdi. Kelib tushgan ijodiy ishlar hay’at a’zolari tomonidan saralanib, ko‘rik-tanlovning respublika bosqichiga yuborildi.
Dovud ABIBULLAEV,
O‘zA muxbiri