Bosh prokuror o‘rinbosari tarbiya koloniyasida mahkumlar bilan muloqot qildi
Bosh prokuror o‘rinbosari Isroil Adhamov Zangiota tumanida joylashgan 24-sonli tarbiya koloniyasiga tashrif buyurdi.
Jazo muddatini o‘tayotgan voyaga yetmagan mahkumlarning ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, kutubxona faoliyati hamda ularga yaratilgan shart-sharoitlar va boshqa qonuniylikka rioya etilishi ahvoli o‘rganildi.
O‘rganish davomida jazo muddatini o‘tayotgan voyaga yetmaganlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning muammolari va jinoyat-ijroiya qonunchiligi talablariga rioya qilinishi holati muhokama qilindi.

Voyaga yetmagan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, qayta jinoyat sodir etishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar ijrosi bilan yaqindan tanishildi.
Tizimda olib borilayotgan ishlarning sifatli bajarilishini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
N.Abduraimova, O‘zA