“Bolalar folklori” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahrida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Bolalar folklori” tanlovining respublika bosqichi tashkil etildi.
Tanlov milliy an’analar, folklor, xalq og‘zaki ijodi va hunarmandchilikni targ‘ib qilish, shu bilan birga istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadiga qaratilgani bilan ahamiyatli.
[gallery-23814]
Loyihada “Barkamol avlod” bolalar maktablarining “Madaniyat va san’at” yo‘nalishida tahsil olayotgan folklor jamoalari qatnashdi.
Jamoalar xalq qo‘shiqlari, raqslari, an’anaviy teatrlashtirilgan tomoshalar va boshqa folklor janrlarida o‘z mahoratini namoyish etdi. Madaniyat vazirligi tomonidan jalb etilgan hakamlar hay’ati ishtirokchilarning chiqishlarini munosib baholab bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Surxondaryo viloyatining Boysun tumani jamoasi va Toshkent viloyatining Bekobod tumani jamoasi ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga munosib ko‘rildi.
G‘oliblar hamda barcha ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA