Bokschi qizlar Qoraqalpog‘iston chempionatida bellashmoqda
Nukusda sportning boks turi bo‘yicha 2006-2007, 2008-2009, 2010-2011 yillarda tug‘ilgan o‘smir qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Chempionatda respublikaning barcha tumanlari va Nukus shahridan ishtirok etayotgan jami 150 nafarga yaqin sportchi qiz belgilangan vazn toifasida oʻzaro bellashmoqda.
[gallery-13870]
Musobaqaning dastlabki kunida 2008-2009-yillarda tugʻilgan sportchi qizlarning 44, 46, 48, 50, 52, 54, 57, 66 kilogramm vaznlarda juftlik bellashuvlari oʻtkazildi.
Musobaqa 6-oktyabr kuniga qadar davom etadi.
<iframe width=“640” height=“360” src="https://www.youtube.com/embed/pbUlFFHSSzw“ title=”Bokschi qizlar Qoraqalpogʻiston chempionatida bellashmoqda“ frameborder=”0“ allow=”accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘zA fotomuxbiri
Maqsad Habibullayev olgan suratlar