Boks: Lazizbek Mullajonov yarim finalda
XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalarida Lazizbek Mullajonov chorak final bosqichida ringga ko‘tarildi.
Vazni 92 kilogrammgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasidagi bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Lazizbek braziliyalik Marley Keno Mashado bilan kuch sinashdi. Bokschimiz aniq va kuchli zarbalari evaziga ushbu jangda g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, yarim finalga yo‘l olgan charm qo‘lqop ustamiz 4 avgust kuni tojikistonlik Davlat Boltayevga qarshi ringga ko‘tariladi.
Darvoqe, hozirda Lazizbek Mullajonov kamida bronza medalini o‘z foydasiga hal qilgan. Umid qilamizki, u ushbu bronza medalini oltinga aylantiradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA