Boks: 4 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat
Bugun 22 sentyabr kuni Rossiyaning Moskva shahrida harbiylar o‘rtasida davom etayotgan jahon chempionatining 3 kuni yakunlandi.
Murosasiz bahslarda qatnashgan 4 nafar bokschimiz keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa, 4 nafari tomoshabinlar safidan joy egalladi.
Qizlar o‘rtasida 75 kilogramm vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mavluda Mavlonova rossiyalik Marina Urakova bilan uchrashdi va ishonchli g‘alabaga erishdi.
Xuddi shuningdek, 60 kg.da Shunqor Abdurasulov zimbabvelik Ben Bandoni, 64 kg.da Mujbillo Tursunov jazoirlik Yaxyo Abdellini, +91 kg.da esa Lazizbek Mullajonov keniyalik Ofiyeno Ramodjini mag‘lub etib, chempionatdagi g‘alabali odimini davom ettirishdi.
Afsuski, 49 kg.da Abdumajid Mannopov braziliyalik Sikusira Konseikaoga, 56 kg.da Samandar Xolmurodov rossiyalik Ovik Oganesyanga, 91 kg.da Javohir Tog‘aymurodov suriyalik Ala Aldin Gxusanga va 81 kg. og‘irlikda Shohruxbek Rustamov jazoirlik Muhammad Xoumriga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA