Bojxonada bolalar uchun bayram tadbiri
Bolalar qalbidagi beg‘ubor quvonch, yuzlaridagi samimiy tabassum va porlab turgan ko‘zlar har qanday ezgu ishning eng ulug‘ natijasidir.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan xodimlar farzandlari uchun bayramona tadbir tashkil etildi.

Bayram davomida turli o‘yinlar, raqslar va ko‘ngilochar dasturlar bolajonlarga unutilmas taassurot ulashdi. Jumladan, sportning shaxmat, shashka va futbol turlari bo‘yicha musobaqalar, shuningdek, turli qiziqarli estafeta bahslari bolajonlarning chaqqonligi, zukkoligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etishiga imkon yaratdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.