Bojxona postining yangi binosi ishga tushdi
Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Jarqoʻrgʻon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postining yangi maʼmuriy binosi foydalanishga topshirildi.
Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Jarqoʻrgʻon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postining yangi maʼmuriy binosi foydalanishga topshirildi.
Yangi bino ochilishida ishtirok etgan tuman hokimi Z.Davlatov, viloyat bojxona boshqarmasi boshligʻi T.Saidov va boshqalar soʻnggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlab, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxonalarga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizning eksport salohiyatini yana-da oshirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Ayni paytda tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari 24 soatlik ish rejimida tovarlarni qisqa vaqtda eksportga rasmiylashtirib, “Bojxonachi – tabdirkor tayanchi” shiori ostida tadbirkorlik subyektlariga amaliy koʻmak bermoqda.
Barcha sharoitlarga ega yangi binoda ish boshlagan “Jarqoʻrgʻon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari oʻtgan yili 42 million 369 ming dollar qiymatidagi turli mahsulotning eksport hujjatlarini rasmiylashtirgan. 19 milliard 897 million 950 ming soʻmlik bojxona toʻlovlarini undirib, davlat byudjetiga oʻtkazgan. 25 kontrabanda va bojxona qonun buzilish holatining oldi olinib, qonuniy choralar koʻrilgan.
Tadbir yakunida ishtirokchilar bojxona postining yangi binosida yaratilgan shart-sharoitlar va yuklarni rasmiylashtirish jarayonlari bilan tanishdi.