Bobur Andijon ko‘chalaridan o‘tdi
Shoh va shoir, ulug‘ ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburtavalludining 542 yilligi munosabati bilan Andijonda fevral – “Zahiriddin Muhammad Bobur oyligi” deb e’lon qilingan. Oylik doirasida viloyatning barchahududlarida mehnat jamoalari, mahallalar, ta’lim muassasalarida ana shu sanaga bag‘ishlangan adabiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Ana shunday o‘ziga xos tadbirlardan biri Andijon davlattibbiyot institutida bo‘lib o‘tdi.

Yurtdoshlarimiz, yoshlar o‘rtasida Bobur shaxsi, uning keng qirrali faoliyati, ilmiy, adabiy merosini targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilgan “Bobur izdoshlari” deb nomlanganma’naviy-ma’rifiy tadbir va o‘ziga xos yurishda institut professor-o‘qituvchilari, talabalari, ijodkorlar ishtirok etdi.

Tadbir ochilishida so‘z olgan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor Madaminjon Madazimov hamda boshqalar tomonidan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti,faoliyati, ijodining o‘ziga xos qirralari xususida gapirildi. “Boburnoma” asari haqida keng ma’lumotlar berildi. Ijodkor talabalar shoirning g‘azal va ruboiylaridano‘qidi.

Shundan so‘ng shoh Bobur o‘zining oppoq otida sipohiylari,ayonlari, institut jamoasi bilan birgalikda Andijon shahrining Yusuf Otabekov ko‘chasi bo‘ylab yurib o‘tdi.

Institut jamoasi tomonidan tayyorlangan o‘ziga xos, noodatiy tadbir andijonliklar, yoshlar,shahar mehmonlari qalbida ulug‘ ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini, uning ijodiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat),
O‘zA muxbirlari