Bo‘lajak chempionlar maskani
Nukus shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida 685 nafar o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda jismoniy mahoratini oshirmoqda.
Nukus shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida 685 nafar o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda jismoniy mahoratini oshirmoqda.Bu yerda dzyudo, kurash, erkin kurash, yunon-rum kurashi, belbog‘li kurash va karate-do sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Maktabning Gulnur Maratboyeva, Nilufar Yermaganbetova, Guloyim Jumaboyeva, Doston Otabolayev, Jalol Aytmurodov, Elyor Masharipov kabi yoshlari mamlakat va xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.