
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) F.Eshmatova BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo mintaqaviy bo‘linmasining inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi O.Fisher bilan uchrashdi.
Uchrashuvda inson huquqlarini himoya qilish sohasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, shu yo‘nalishdagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar, Ombudsman institutining ushbu jarayondagi roli va ahamiyati, faoliyat yo‘nalishlari va o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida inson huquqlari borasidagi bilimlarni oshirish va huquqiy madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.
O.Fisher O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni e’tirof qilib, hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi.
N.Abduraimova, O‘zA