BMT: o‘n minglab g‘azoliklar ochlikdan aziyat chekmoqda
G‘azoning markaziy va shimolida o‘n minglab odamlar ochlikdan aziyat chekmoqda.Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi vakili Adnan Abu Hasen ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu haftada birinchi marta eksklavning markaziy va shimoliy qismiga insonparvarlik yordami kela boshladi.
Shu bilan birga, u hozirgi insonparvarlik yordami hajmi G‘azo aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli emasligini ta’kidladi.
Ayni paytda isroilliklarning eksklavdagi hujumlari natijasida qurbon bo‘lganlar soni 22,18 ming kishidan oshgan, ularning aksariyati ayollar va bolalardir. Falastin anklavining 57 mingdan ortiq aholisi jarohat oldi.
G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havo, quruqlik va dengizdagi ommaviy bombardimonlari hamda eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Minglab binolar, jumladan, kasalxonalar, masjidlar va cherkovlar ham Isroilning havo va quruqlik hujumlari natijasida zarar ko‘rgan yoki butunlay vayron bo‘lgan.
O‘zA