BMT Bosh kotibi oʻrinbosari Turkiyaga boradi
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish zilziladan soʻng gumanitar masalalar boʻyicha oʻrinbosari Martin Griffitsni Turkiyaga yuboradi, deb yozdi “RIA Novosti” tashkilot xabariga tayanib.
Dushanba kuni yuz bergan kuchli zilzila tufayli Turkiya va Suriyaning bir qator hududlari vayron boʻlgan. Ayni paytgacha qurbonlar soni 12 300 kishidan oshgan. Prezident Rejep Tayyip Erdogʻan yetti kunlik milliy motam, tabiiy ofatdan jabr koʻrgan 10 viloyatda uch oylik favqulodda holat eʼlon qildi. Suriya Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, mamlakatda zilzila oqibatida 1 200 dan koʻp fuqaro halok boʻlgan, 2 mingdan ziyod odam jarohatlangan. Qidiruv, qutqaruv ishlari davom etmoqda.
OʻzA