“Bizni ardoqlagan Prezidentimizga rahmat!”
Yurtimiz barcha hududlaridagidek, Buxoroda ham anʼanaviy “Prezident archasi” shodiyonasi tantanali oʻtdi.
Yurtimiz barcha hududlaridagidek, Buxoroda ham anʼanaviy “Prezident archasi” shodiyonasi tantanali oʻtdi.
Viloyat musiqali drama teatri binosida tashkil etilgan bayramga 32 -”Mehribonlik uyi”, viloyat Bolalar uyi,”Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar internat uyi, ixtisoslashtirilgan maxsus maktab- internatlar tarbiyalanuvchilari, ota onasiz chin yetim oʻgʻil- qizlar, xizmat vazifasini oʻtayotgan chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning, shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning farzandlari taklif etildi.
Tantanali marosimda viloyat hokimi Oʻ.Barnoyev soʻzga chiqib, mamlakatimizda yurt kelajagi boʻlgan bolajonlarga, ularning zamonaviy bilimlarni egallab, oʻzlarini namoyon etishlariga, hayotda munosib oʻrinlarini topishlarga alohida ahamiyat qaratilayotganini taʼkidladi.
Shundan soʻng, bu yerga tashrif buyurgan 300 nafar oʻgʻil- qizlarga 29 turdagi oʻquv qurollari, yumshoq oʻyinchoqlar va shirinliklardan iborat “Prezident sovgʻa”lari topshirildi.
--Sovgʻalar solingan maxsus qopcha yuzasida “Yangi yilingiz bilan, aziz farzandim!”, degan yozuvlar bitilgan,-- deydi Buxoro shahridagi 32- Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi Fotima Fayziyeva.-- Men buni davlatimizning, Yurtboshimizning dil soʻzlari, bizga koʻrsatilayotgan mehribonlikning ifodasi, deb bilamiz. Aslida, bunday otalarcha gʻamxoʻrlikni kundalik hayotimizda har kuni his qilib turibmiz. Mehribonlik uyida yashashimiz, maktabda bilim olishimiz, darsdan boʻsh vaqtimizni mazmunli oʻtkazishimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Dilimizda shukronalik bilan “Bizni ardoqlagan Prezidentimizga rahmat” deymiz
Marosim sahnada oʻrnatilgan “Prezident archasi” atrofidagi madaniy tadbirga ulanib ketdi.Unda viloyat musiqali drama va viloyat qoʻgʻirchoq teatrlari jamoalari tomonidan tayyorlangan ”Yangi yil moʻjizalari” sahnalashtirilgan bayram tomoshalari namoyish etildi. Viloyat “Barkamol avlod”markazi, bolalar musiqa va sanʼat maktablari chiqishlari, ezgulikni, goʻzal hayotni, baxtli bolalikni tarannum etuvchi kuy- qoʻshiqlar oʻgʻil -qizlarga olam -olam zavq bagʻishladi.
Shuningdek, bayramda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan 280 dan ziyod bolajonlarga ham joylarda”Prezident sovgʻa”lari tantanali suratda topshirildi.
Taʼkidlash kerak, “Prezident archasi” tadbiri doirasida “Parizod” marosimlar majmuasida oʻgʻil -qizlar taklif etilib, ularga bayram dasturxoni yozildi.