Sirdaryo viloyatining eng cheka Sardoba tumanida ham 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan toʻkin dasturxon atrofida bahor va goʻzallik bayrami tantanali ravishda keng nishonlandi.

Bayram tantanasiga tumanning barcha mahallalaridan 170 nafar ishlab chiqarish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, qishloq xoʻjaligi, tadbirkorlik va boshqa sohalar faollari, ijtimoiy koʻmakka muhtoj, kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarning xotin-qizlari tashrif buyurdi.

Tadbirda Sardoba tumani hokimi A.Xidirov bayram munosabati bilan hoji onalar, opa-singillar va barcha ayollarni chin qalbdan muborakbod etdi.

Oila ustuni, jamiyat tayanchi, hayotimizning koʻrki, dasturxonlarimiz toʻkinligi, uylarimiz farishtasi boʻlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi, dedi tuman hokimi oʻz tabrik nutqida.

Oilalarning mustahkam boʻlishida, yosh avlodni sogʻlom va barkamol boʻlib kamol topishida, xalqimizning koʻp asrlik boy maʼnaviy merosini asrab-avaylashda, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda va aholi farovonligini yuksaltirish borasida ham ayollarimizning ulkan xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib qadrlanmoqda.

Tantanada ayollarga eng samimiy, eng ezgu tilaklar bildirildi.

– Men bu kunni salkam 80 yil kutdim, Yaratganga ming shukurki shunday ayol eʼzozda boʻladigan kunlarga ham yetkazdi, – dedi mehnat faxriysi Fotima ona Asqarova. – Murabbiylar bayramini paxta dalasida, 8-martni yomgʻir ostida shalobomiz chiqib, koʻcha tozalash, koʻchat ekishda oʻtkazdik.

Konsertu restoranlarda, yuqori minbarlarda esa biror bir ishni qoyillatib qoʻymagan, qosh-koʻzini, tirnogʻini boʻyab, kalta, yelka, koʻkrak ochiq, qimmatbaho koʻylak kiyib olgan xonimchalar oʻtirdi.

Xudoga ming shukur, nihoyat biz kabi oddiy oʻzbek ayollari ham hatto bola-chaqam deb, biror bir kasbni boshini tutaolmagan, qozonida bir tuyur goʻshtsiz yovgʻon qaynatib, nogiron bolasiga qarayman, davolayman deb dori-darmon olib, egniga tuzukroq koʻylak ham ola olmagan ayollarni ham elga, koʻpga qoʻshadigan zamon kelganiga ming shukur.

Allohning oʻzi davlatimiz tepasiga ana shunday oqilona siyosat yuritayotgan, ayolni, onani, xotin-qizlarni tom maʼnoda eʼzozlaydigan Prezidentni lozim topganiga ming shukur. Barcha jabhalarda buyuk islohotlarni amalga oshirishga bosh-qosh boʻlayotgan, ayollarni eng oliy eʼzozga loyiq koʻrayotgan, ishsiziga ish berib, uysiziga uy berib, yetim-yesirni boshini silayotgan Yurtboshimiz iloho dunyo turguncha tursin.

Darhaqiqat, oilasi tinch, qora qozoni qaynab tursa, roʻzgʻori but boʻlsa, turmush oʻrtogʻi ishlab, farzandlari koʻz oʻngida yayrab yursa, ayol hayotidan rozi boʻladi, undan baxtliroq inson boʻlmaydi.

Mahalliy shoiralar ayollarga, bayramga, Ona vatanga bagʻishlab yozgan sheʼrlaridan namunalar oʻqib berdi.

Bayram tantanasiga tashrif buyurgan 170 nafar ayolning barchasiga guldasta, qimmatbaho va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tuman madaniyat uyi havaskor ijrochilari va iqtidorli yoshlari ijrosidagi kuy-qoʻshiq, jozibali raqslar bayram qatnashchilarga xush kayfiyat ulashdi.

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Biz shu kunni 80 yil kutdik...”