“Biz hamisha yoningizdamiz”
Xitoylik hamkorlar tomonidan Oʻzbekistonga “Biz hamisha yoningizdamiz” shiori ostida begʻaraz yordam keldi.
Xitoylik hamkorlar tomonidan Oʻzbekistonga “Biz hamisha yoningizdamiz” shiori ostida begʻaraz yordam keldi.
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida amalga oshirilayotgan ikki yirik loyiha tashabbuskorlari – Xitoyning “ANHUI CONCH CEMENT” va “China Camel Group Co.Ltd” kompaniyalari yurtimizga 200 dona infraqizil termometr, 2 ming dona test jihozi hamda 20 ming dona niqob joʻnatdi.
Ohangaron tumani hokimligidan maʼlum qilishicha, “ANHUI CONCH CEMENT” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonda “Toshkent Conch Cement” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona tashkil etilgan boʻlib, mazkur korxona sarmoyadorligida Ohangaron tumani hududida qiymati 200 million dollarga teng boʻlgan sement zavodi qurilishi boshlangan. Yiliga 2,2 million tonna mahsulot ishlab chiqarishga moʻljallangan ushbu korxonada 300 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
“China Camel Group Co., Ltd” kompaniyasi taʼsisligidagi “CAMEL GROUP-UZBEKISTAN BATTERY CO., LTD” MCHJ xorijiy korxonasi esa akkumulyator ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod qurilishi uchun 65 million dollar miqdorida sarmoya kiritgan. Ushbu korxona faoliyati yoʻlga qoʻyilishi hisobiga 500 ta ish oʻrni yaratilishi belgilangan.