Bir guruh xorijlik rassomlar – Zominda
Mamlakatimiz bo‘ylab sayohati tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlardan Rossiya, Mongoliya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalarining taniqli rassomlaridan iborat ijodiy guruh a’zolari ayni paytda Jizzax viloyatining viqorli Zomin tumanida bo‘lib turibdi.


Xorijiy davlatlar rassomlari tumandagi “Kelajak kasblar maktabi”da bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlar, tashkil etilgan kasb-hunar va o‘quv kurslari, tuman markazidagi “Xotira maydoni”, “Nuroniylar maskani”da bo‘lib, ushbu majmualar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bundan tashqari, tashrif davomida ijodiy guruh “Ma’rifatli” jome masjidiga bordi, tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.

Mehmonlar mazkur ijodiy sayohatlari davomida Zominning xushmanzara tabiati va tog‘ manzaralaridan bahramand bo‘lib, viqorli tog‘lar bag‘rida ijod bilan shug‘ullanmoqda.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA