Belbog‘li kurash: alplar “Samo”da bellashdi
Avval xabar berganimizdek, 4-6 may kunlari Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining yillik taqvim rejasidagi mazkur chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan 200 nafardan ziyod polvonlar ishtirok etdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu chempionatda dastlab tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, Farg‘ona viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimovlar sportchilarni qutlar ekan, yurtimizda keyingi yillarda jismoniy tarbiya, xususan, milliy sport turlarimizga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlab, polvonlarga omad tiladi. Shundan so‘ng kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga start berildi.Ikki kun davom etgan ushbu bellashuvlarda erkaklar belbog‘li kurashning erkin va klassik yo‘nalishlarida 8 ta vazn toifasida, ayollar erkin yo‘nalishda 5 ta vaznda kurashga tushishdi.

Murosasiz va qizg‘in o‘tgan bahslarning yakuniy natijalariga ko‘ra, quyidagi polvonlar o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni tantana qilishdi.
Belbog‘li kurash yo‘nalishi erkaklar o‘rtasida
Jamoliddin Ne’matullayev 57 kg. (Namangan), Abduqodir Avazbekov 62 kg. (Farg‘ona), Ilyosbek Yoqubjonov 68 kg. (Andijon), Nusratbek Sultonboyev 75 kg. (Andijon), Husniddin Ro‘ziyev 82 kg. (Andijon), Jasurbek Isroilov 90 kg. (Andijon), Nodirbek Ahadjonov 100 kg. (Toshkent sh.), Baxtiyor Jumaboyev +100 kg. (Sirdaryo).

Belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishi erkaklar o‘rtasida
Shahzod Usmonov 57 kg. (Toshkent v.), Sarvar To‘xtasinov 62 kg. (Namangan), Shohrux Zokirov 68 kg. (Toshkent v.), Nusrat Yo‘ldoshev 75 kg. (Toshkent v.), Og‘abek Amatbayev 82 kg. (Toshkent v.), Husan Abduhakimov 90 kg. (Sirdaryo), Obidali Mavlonov 100 kg. (Farg‘ona), Xislat Pirmatov +100 kg. (Toshkent v.).
Ayollar o‘rtasida
Farangiz Abdunabiyeva 52 kg. (Sirdaryo), Manzuraoy Mo‘ydinova 58 kg.(Farg‘ona), Maftunabonu Mahmudova 60 kg. (Andijon), Dilafruz Mamajonova 76 kg. (Namangan), Sahobat Sheraliyeva +76 kg. (Namangan).
Chempionat yakunlangach, kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash joiz, mazkur chempionat joriy yil 20-25 may kunlari Jizzax shahri mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatiga saralash vazifasini ham o‘tab berdi.
O‘zA