Belarus va Ukraina davlat rahbarlari uchrashadi
Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko 4 oktabr kuni Ukrainaga ishchi tashrifni amalga oshiradi.
Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko 4 oktabr kuni Ukrainaga ishchi tashrifni amalga oshiradi. Bu haqda Belarus davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ishchi tashrif doirasida Lukashenko Jitomirda o‘tkazilajak Belarus -Ukraina hududlararo II forumida ishtirok etadi.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Lukashenko va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida ikki davlatning turli sohalar bo‘yicha hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. Mintaqaviy va xalqaro masalalar haqida o‘zaro fikr almashish ko‘zda tutilgan.