Bekzod Qurbonov jahon kubogida “Matts VG” laqabli tulporida qatnashadi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtatida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogi finali start oladi va 12-aprel kuniga qadar davom etadi.
Mazkur nufuzli turnirda dunyoning 19 davlatidan 36 nafar chavandoz g‘oliblik da’vosida bahslarga kirishadi. Quvonarlisi, konkur yo‘nalishining eng kuchli sportchilari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Qurbonov ham o‘rin olgan. Darvoqe, final bahslarida dunyoning eng mashhur chavandozlaridan biri shveysariyalik Stiv Gerda uzoq tanaffusdan so‘ng yana qatnashadi.

Ma’lumot uchun, Fort-Uort shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon kubogida chavandozimiz “Matts VG” laqabli tulporida bellashuvlarda ishtirok etadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA