Bekmurod Oltiboyev Osiyo o‘yinlarida bronza medalga sazovor bo‘ldi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarining 27-sentabr kungi bellashuvlari kurashchilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Xususan, kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari — +90 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Shohruhxon Baxtiyorov va Bekmurod Oltiboyev yarim final bosqichida o‘zaro to‘qnash keldi. Unda Shohruhxon Baxtiyorov g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Bekmurod Oltiboyev esa bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, Shohruhxon Baxtiyorov Osiyo o‘yinlari chempionligi uchun hal qiluvchi bahsda Tojikiston vakili Shakarmamad Mirmamadov bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA