Bayram tadbiri: “Yangi O‘zbekiston – Yangi kasaba uyushmalari!”
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida 11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan “Yangi O‘zbekiston – Yangi kasaba uyushmalari!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bӯlib ӯtdi.
Tadbirda vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, mehnat faxriylari, kasaba uyushmalari faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi raisi, Ӯzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi U.Jalmenov yig‘ilganlarni tabrikladi va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida kasaba uyushmalari xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qilish, faoliyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqini amalga oshirish, shuningdek, kasaba uyushmalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2019 yil 6 dekabrda Ӯzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida” qonuni qabul qilindi.
[gallery-4543]
Bu esa kasaba uyushmalari xodimlarining ijtimoiy mehnat sohasidagi huquqlarini muhofaza qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonloma qӯllab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada yangi bosqichga olib chiqish imkonini berdi. Shuningdek, 2020 yil 23 noyabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan Ӯzbekiston Respublikasining “Ӯzbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinib, 11 noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilandi.
Yuqorida qayd etilgan qonunlarning qabul qilinishi yurtimizdagi besh yarim milliondan ziyod kasaba uyushmalari a’zolari tomonidan ijobiy kutib olindi. Tadbirda 2021 yil davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi. Shuningdek, mehnat faxriylari va kasaba uyushmalari faollari O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni belgilanganining 1 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.
Tadbir san’at ustalarining konsert dasturi bilan yakunlandi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA