Bayram qutlug‘ va barokotli bo‘lsin
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yil yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari xodimlari xamda blogerlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Unda tuman hokimligi mas’ullari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Davra suxbatida tuman xokimi Xurshid Tohirov yig‘ilganlarni yangi yil bilan tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qorako‘l tumanida ham keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, aholi farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur jarayonlarni tezkor, xolis yoritishda jurnalistlarning o‘rni beqiyos bo‘layotgani alohida qayd etildi. Ayniqsa, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati shaffofligini ta’minlash, ularning jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadga muvofiqdir.
Tuman rahbarining takidlashicha, 2022-2026 yillarda yengil sanoat sohasida qiymati 645 milliard so‘mlik 12 ta yangi loyihalar ishga tushirib 491 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Neft va gaz mahsulotlarini qayta ishlash sohasida "JizzakhPetroleum" tomonidan qiymati 2,7 milliard dollarlik yiliga 1,3-1,6 milliard kub gazni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan “MTO (Metanol-olefinlar) majmuasi ishga tushirilib, 1300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
“Yangi O‘zbekiston” dasturi doirasida tashabuskor tadbirkorlarning jami 240 milliard so‘m mablag‘lar hisobidan 60 ta 1200 xonadonli ko‘p kvartirali uy-joylar, ishlab chiqarish, sanoat va ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini o‘z ichiga olgan “Yangi O‘zbekiston massivlari” barpo etiladi. Sohada samarali mehnat qilgan ijodkorlar, tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdagi ulkan hissa qo‘shgan OAV xodimlariga tuman hokimining esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari tantanali topshirildi.
Zarif Komilov, Toxir Istatov (surat), O‘zA