Bayram arafasida 9 ta ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi
Joriy yilgi Investisiya dasturi asosida Buxoro viloyatdagi 38 ta umumta’lim maktabi, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat va 10 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bu jarayonda 2 ta yangi ta’lim muassasasi qurilib, 42 tasida rekonstruksiya, 5 tasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.



Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami arafasida viloyatda 9 ta ta’lim muassasasi, jumladan, Vobkent tumanida 16-maktabning 180-o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi, Shofirkonda 35- hamda 50-umumta’lim maktablarining har birida 180-o‘rinli yangi o‘quv binosi va 46-maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi, G‘ijduvonda 120 o‘rinli 59-MTT, Romitan tumanida 120 o‘rinli 34-MTT, Qorovulbozor tumanidagi 8-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 240 o‘rinli yangi binosi, Kogon shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi va 4-umumta’lim maktabi filiali foydalanishga topshirildi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.