Baydenning Yaqin Sharq bo‘ylab safari boshlanmoqda
AQSH Prezidenti Jo Bayden 13-16 iyul kunlari ushbu lavozimda ish boshlaganidan beri ilk bor Yaqin Sharq bo‘ylab safarga chiqmoqda.
U Isroil, Iordan daryosining g‘arbiy sohili va Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda “TASS” agentligi.
Amerika rahbari bu tadbir Rossiya va Xitoy bilan raqoba nuqtai nazaridan muhimligini, shuningdek arab davlatlaridan tannarxni pasaytirish maqsadida neft qazib olish hajmini oshirishni so‘rash niyatida ekanini ochiq aytdi.
Bayden 9 iyul kuni “The Washington Post” gazetasida chop etilgan maqolasida bo‘lajak safar maqsadlarini tushuntirar ekan, Yaqin Sharqdagi energetika rerurslari “global ta’minotga ta’sirni yumshatishda muhim ahamiyatga ega” deya ta’kidladi.